Yilning eng yaxshi o‘qituvchilari aniqlanmoqda

Joriy yilning 1-6 may kunlari  kimyo, fizika, tarix, matematika, informatika, rus tili adabiyoti(rus tilida ta’lim oladiganlar uchun), milliy istiqlol g‘oyasi, rus , nemis va fransuz tili o‘qituvchilari  o‘rtasida “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2017” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda.

2006 yildan buyon har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan tanlov joriy yilda yangicha ko‘rinishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda tashqil qilindi. 

O‘qituvchilarning tegishli fan bo‘yicha kasbiy bilimlarini aniqlash orqali ularning reytingini aniqlash, bilimlarida kuzatilgan bo‘shliqlarni to‘ldrish, kasbiy mahoratlarini oshirish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash maqsadida tanlovning tuman (shahar) bosqichidagi test sinovlariga 16 ta fan bo‘yicha respublikamizdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining oliy ma’lumotli 250 ming nafardan ortiq o‘qituvchilari jalb etildi.

Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan mazkur tanlovning test jarayonlarini tashkil etish va natijalarini umumlashtirish bo‘yicha samarali hisoblangan elektron dastur tayyorlandi. Bu o‘z navbatida tanlov jarayonlarini markazlashgan holda boshqarib borish,  o‘qituvchilar bilim saviyasini hududlar hamda fanlar kesimida tahlil qilish imkoniyatini berdi.

Tanlovning respublika bosqichi test sinovlari, yozma ish, dars mashg‘uloti, zamonaviy AKT yordamida dars ishlanma tayyorlash kabi 4 ta shart bo‘yicha tashkil etilib, ishtirokchilar 100 ballik tizimda baholanadi.

Ayni kunlarda tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarida yuqori natijani qayd etgan 95 nafar o‘qituvchilar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim, ona tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti, biologiya, geografiya, o‘zbek tili fani o‘qituvchilari o‘rtasida tanlovning respublika bosqichi  joriy yilning 11-15 sentyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Xalq ta’limi vazirligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  Malakali shifokorlar yurtimizga qaytishi mumkin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: