Tennis bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi

Qarshi shahrida erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida tennis bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi.

Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF taqvimidan joy olgan ushbu musobaqada o‘ndan ziyod mamlakatdan kelgan mahoratli tennischilar bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda.

Turnirning erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslari birinchi davrasida iqtidorli tennischimiz Sanjar Fayziyev rossiyalik Denis Matsukevichga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda o‘zining aniq to‘p uzatmalari bilan raqibidan ustunlik qilgan Sanjar har ikkala setda 6: 4 hisobida zafar quchdi.

Ushbu davrada qur’a natijasiga ko‘ra, ikki nafar tennischimiz navbatdagi bosqichga chiqish uchun kuch sinashdi. Unda tajribali Temur Ismoilov yosh sportchimiz Amal Sultonbekov ustidan g‘alaba qozondi.

Turnirning xotin-qizlar o‘rtasidagi juftlik bahslarida tennischimiz Nigina Abduraimova montenegrolik Ana Veselinovich bilan birga rus tennischilari Yekaterina Kazionova hamda Olesya Pervushinani mag‘lubiyatga uchratdi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Tennischilarimiz – bosh sovrin sohiblari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: