Turmush obod – oila farovon

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, uning farovonligi, tinch – totuvligi yurt ravnaqini ta’minlaydi. Oila qachon farovon bo‘ladi? Qachonki, ijtimoiy-iqtisodiy tomondan himoyalangan va ta’minlangan bo‘lsa pirovard maqsadlarga erishiladi.

Yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan 2013 yilni “Obod turmush yili” deb nomlanishi bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish uchun zamin hozirladi.

Iqtisodiyot tayanchi bo‘lgan xususiy tadbirkorlik iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va demokratik jamiyatni isloh qilishga hissa qo‘shadi. Keyingi yigirma yil davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning tub ildizi oilalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan. Oilalarning moddiy asoslari va moliyaviy imkoniyatlarini rivojlantirishga keng yo‘l ochib berilganligi, yashash sharoitini yaxshilanishi kabi omillar endilikda oilaviy biznesni tashkil etish uchun qulay imkoniyat yaratmoqda. Prezidentimiz oilaviy tadbirkorlik va biznesning mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida shunday deydi “Bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun uning tashkiliy huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo‘yish vaqti keldi. U milliy an’analarimizga xo‘jalik yuritish faoliyatining holatiga to‘la mos keladi. Uning jadal rivojlanishi yangi ish o‘rinlari ochilishiga sharoit yaratadi”.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlash borasida Buxoro viloyatida ham bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Ayni vaqtda viloyatda 3700dan ziyod xususiy tadbirkorlikka oid iqtisodiy sub’yektlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina asalarichilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar soni 116 nafardan oshdi.

– Asal qadimdan inson sog‘lig‘i uchun shifobaxsh hisoblanib kelingan tabiat ne’matidir. O‘g‘lim Shuhratjon bilan otameros bo‘lgan asalarichilik bilan shug‘ullanib kelamiz. Yurtimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlardan mamnunmiz. Oilamizning iqtisodiy jihatdan ta’minlanishida ushbu tadbirkorligimiz qo‘l kelmoqda, – deydi G‘ulom aka Qutliyev.

Oilaviy biznesni tashkil qilish viloyatda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Jumladan, hunarmandchilik, umumiy ovqatlanish, savdo, qishloq xo‘jaligi, shuningdek, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, xizmat ko‘rsatish kabi bir qator oilaviy tadbirkorlik sub’yektlari viloyat iqtisodiyotini rivojlanishiga asos bo‘lmoqda. Qolaversa, bu e’tibor an’anaviy hunarmandchilik va kasanachilikning taraqqiy topishini ta’minlamoqda.

Kichik biznes shaxsning ichki salohiyatini ochishga, mehnat faoliyatida o‘zini namoyish qilishga imkon beradi. Rivojlangan oilaviy biznes iste’molchilar va bozorning tez o‘zgaruvchan talablariga muvofiq holda tovar va xizmatlar ishlab chiqarib, iste’molchilarning asosiy qismiga xizmat ko‘rsatadi. Shu bois ham oilaviy biznes jamiyatning siyosiy barqarorligi va demokratik rivojlanishining kafolati bo‘lgan o‘rta sinf shakllanishining asosi hisoblanadi. Xususiy tadbirkorlik sohasining yana bir muhim jihati yurtimizda mazkur sohaga soliq imtiyozlarini berilishi natijasida tejab qolingan moliyaviy mablag‘lar uning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Yana o‘qing:  Fidoyilik saodati

M.QUTLIYEVA, B.ISOMOV,

Buxoro Iqtisodiyot va bank kolleji o‘qituvchilari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: