Kitobsevarlar tanlovi

Kitob – ma’naviyat bulog‘i. Uning har bir sahifasi izlanishga, intilishga, yangiliklar yaratishga chorlaydi.

Bu borada Axborot-resurs markazlari aholiga, o‘quvchi yoshlarga keng qamrovli va sifatli xizmat ko‘rsatib kelayotgan ziyo maskani hisoblanadi. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, bolalarimiz qalbida o‘qish madaniyatini shakllantirish hamda ularni adabiyotga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish maqsadida hozirda Axborot-resurs markazlari tomonidan rejalar ishlab chiqilib, qiziqarli kechalar, viktorina o‘yinlari, ko‘rgazma-taqdimotlar, shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Kuni kecha Yunusobod tuman Axborot-resurs markazida “Kitobsevarlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlovni o‘tkazishdan maqsad Axborot-resurs markazlari hamda kutubxonalarda yosh kitobxonlar bilan olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish va o‘quvchilar o‘rtasida adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish, ular qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish, boy adabiy merosimizga bo‘lgan e’tiborni yanada shakllantirishdir.

“Kitobsevarlar” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida tumandagi bir qancha maktab o‘quvchilari ishtirok etib, beshta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Tanlov g‘oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Zamira ZAYNUTDINOVA

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2014-28)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: