Onkologik yordam ko‘rsatish takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Qarorning asosiy maqsadi onkologik kasalliklar tufayli o‘limni pasaytirish hisobiga aholi hayoti sifatini yaxshilash va umrni uzaytirish hisoblangan onkologiya xizmatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilgan:

Qaholini skrining tekshirishlarning samarali dasturlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘li bilan onkologik kasalliklarni ilk bosqichlarda faol aniqlashning zamonaviy usullarini joriy etish;aholining onkologik kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolashning jahon standartlari darajasiga muvofiq bo‘lgan zamonaviy yuqori texnologik usullaridan foydalanishini yaxshilash;

reabilitatsiya va palliativ yordamning zamonaviy tizimini, shuningdek, xospislar tashkil etish yo‘li bilan onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning hayoti sifatini yaxshilash;

onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashning samarali usullarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar doirasini kengaytirish hamda zamonaviy mahalliy o‘smaga qarshi preparatlar yaratish;

respublika onkologiya muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, shuningdek, ularning binolari va xonalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va yangilarini qurish.

Qaror onkologik kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash va davolash sohasida tibbiyot tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishning yagona metodik vertikali shakllantirilishini nazarda tutadi. Ushbu vazifalarni hal etish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish, shuningdek, mintaqaviy onkologiya dispanserlarini uning filiallariga aylantirish nazarda tutilgan. Quyidagilar yangidan tashkil etiladigan markaz va uning filiallari faoliyatining ustuvor vazifalari etib belgilangan:

aholining onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordamga bo‘lgan talabini qondirish;

onkologiya sohasida aholiga yuqori malakali davolash-profilaktika yordami ko‘rsatgan holda onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish;

onkologiya sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan va zamonaviy onkologiyaning ilg‘or texnologiyalarini egallagan yuqori malakali tibbiyot kadrlari va ilmiy mutaxassislar tayyorlash;

onkologiya sohasida, shu jumladan, zamonaviy tibbiyot fanining ilg‘or yutuqlaridan foydalangan holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish.

Xavfli o‘smalarga barvaqt tashxis qo‘yishni yaxshilash va importning o‘rnini bosadigan mahalliy o‘smaga qarshi preparatlarni yaratish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi negizida Saraton profilaktikasi va Eksperimental onkologiya markazlari tashkil etiladi.

Yana o‘qing:  Xayr-saxovat ulashgan temir karvon

Onkologik kasalliklarning oldini olish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik faoliyatni ta’minlash va skrining tekshiruvlarini o‘tkazish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning yagona axborot bazasini shakllantirish, shuningdek, saraton epidemiologiyasi va xavfli o‘smalar rivojlanishining molekulyar mexanizmi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, mahalliy o‘smaga qarshi preparatlarni ishlab chiqish markazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Rejalashtirilgan tadbirlar doirasida respublika onkologiya muassasalari saraton kasalliklarini endoskopik va radioterapevtik davolash bo‘yicha eng yangi apparatlar komplekslari bilan jihozlanadi, shu jumladan, respublikaga “Da Vinchi” robotlashtirilgan jarrohlik kompleksi va gamma tig‘ singari noyob uskuna yetkazib beriladi.

Viloyat onkologiya muassasalari tuzilmasida palliativ yordam berish bo‘yicha bo‘limlar, shuningdek, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Urganch shaharlarida to‘rtta mintaqalararo xospislar tashkil etilishi respublika fuqarolarining hayoti sifati yaxshilanishiga prinsipial jihatdan muhim yondashuv bo‘ladi.

Respublikaning barcha hududida ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratonini va Farg‘ona viloyatida tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida qizilo‘ngach, me’da va kolorektal saratonni aniqlashga yo‘naltirilgan skrining tadqiqotlarini bosqichma-bosqich joriy etish yo‘li bilan onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt tashxis qo‘yish chora-tadbirlarini takomillashtirishga, xavfli o‘smalarga barvaqt tashxis qo‘yishning molekulyar-biologik, genetik, endoskopik va nur usullarini onkologiya dispanserlari amaliyotiga joriy etishga muhim ahamiyat berilgan.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasi byudjeti mablag‘laridan 32,5 milliard so‘m hamda xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari va grantlari hisobiga 144,1 million AQSH dollarini yo‘naltirish nazarda tutilgan.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: