Yosh chegarachilar musobaqasi

Termizda “Yosh chegarachilar” musobaqasining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida Qurolli Kuchlarimiz tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar milliy armiyamiz saflarini har tomonlama barkamol yoshlar bilan to‘ldirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Surxondaryo viloyatidagi 50 dan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kollejida “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik klubi faoliyat yuritmoqda. Ushbu an’anaviy musobaqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining harbiy sohaga oid va davlat chegaralari to‘g‘risidagi bilimini mustahkamlab, ularda Vatan himoyachisi bo‘lishdek sharafli kasbga qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda.

Ishtirokchilar turnikda tortilish, yugurish, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, tarix va ingliz tili kabi yo‘nalishlarda bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi. 

Muzrabot iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining “Qoplon” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Termiz tibbiyot kollejining “Sarhad” jamoasi ikkinchi, Termiz turizm va mehmonxona kasb-hunar kollejining “Qalqon”, Sariosiyo tibbiyot kollejining “Alfa” jamoalari uchinchi o‘rinni egalladi.

– «Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik klubi yoshlarning jismonan chiniqishi va harbiy sohaga qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi Muzrabot iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi, “Qoplon” harbiy-vatanparvarlik klubi rahbari Nurboy Eshquvvatov. – Besh yil avval musobaqaning mamlakat bosqichida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritganmiz. O‘tgan yillarda klub a’zolarining mahorati yanada oshib, bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi. Bu yil ham mamlakat bosqichida yuqori o‘rinlar uchun kurashamiz.

 

X.MAMATRAYIMOV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Yurtimizda o‘quvchilarning 97,7 foizi hayotdagi maqsadi va kelajakdagi rejalarini belgilab olgan

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: