Bokschilarimiz g‘alaba qozonishda davom etmoqda

Yurtimizda Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlarini rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida bugun boks yoshlarimiz hayotida jadal taraqqiy etmoqda.

Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha «Qirol kubogi – 2017» xalqaro turnirida terma jamoamizning uch nafar a’zosi bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Vazni 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Jasurbek Latipov yarim finalgacha bo‘lgan bellashuvlarda nepallik Prem Chaudxari va mezbon sportchi Kritifak Duangnutni yengib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida Shahobiddin Zoirov va 60 kilogrammgacha vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi janglarda qatnashgan Murodjon Ahmadaliyev ham uchinchi o‘rinni egalladi.

Vazni 49 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi yarim final bahsida Hasanboy Do‘stmatov Janubiy Koreya vakili Kim Yun Songni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. 64 kilogrammgacha vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida Elnur Abduraimov hindistonlik Roxit Toxasni yengib, finalga chiqdi.

Vazni 69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida ringga chiqqan Shahram G‘iyosov qatarlik Txarimalunganom Txulasini yenggan bo‘lsa, 75 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda qatnashayotgan Isroil Madrimov tailandlik Tiraponga Deeni mag‘lubiyatga uchratib, hal qiluvchi bahsga yo‘llanma oldi.

 

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Osiyo chempionati yakunlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: