Sifatli mahsulot – zamon talabi

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Charm, poyabzal, kiyim va aksessuarlar” VI xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi.

O‘zbekcharmpoyabzaliuyushmasi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada uyushma tarkibidagi korxonalar bilan birgalikda hududlardagi korxonalar hamda chet ellik hamkorlar ishtirok etmoqda.

Yurtimizda 770 ga yaqin korxona terini qayta ishlash, charm-attorlik hamda poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. Sohaga tatbiq etilayotgan imtiyozlar yangi korxonalar tashkil etilishi, ishlab chiqarish quvvatlarining muttasil oshishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda.

Yettinchi marta o‘tkazilayotgan “Charm, poyabzal, kiyim va aksessuarlar” xalqaro ko‘rgazmasida saksondan ortiq mahalliy, yigirmaga yaqin xorijiy korxona va tashkilot ishtirok etmoqda. Ular tomonidan 2 ming 500 xildan ziyod poyabzal va tikuvchilik mahsulotlari, charm, gazlama, mo‘yna va qorako‘ldan ishlangan aksessuarlar namunalari namoyish etilmoqda. Ishtirokchilar stendlarida, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar, texnologiyalar va furnituralarni ham ko‘rish mumkin.

Yengil sanoat mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar nafaqat yuqori sifati, balki zamonaviy dizayni bilan ham ajralib turadi. Shu bois bunday mahsulotlarga jahon bozorida talab katta bo‘lib, o‘nlab davlatlarga eksport qilinayotir. Toshkent shahridagi “Yelegant shoes” korxonasi ta’sischisi Jo‘rabek Otabekovning qayd etishicha, korxonada tayyorlanayotgan poyabzal mahsulotlariga bo‘lgan talab muttasil ortib bormoqda. Ayni paytda korxona o‘z mahsulotlarini Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya va Ozarbayjon mamlakatlariga eksport qilmoqda, Yevropa bozorlariga chiqish mo‘ljallanmoqda.

Ko‘rgazma doirasida Rossiya Federatsiyasining Charm va poyabzal ishlab chiqarish uyushmasi va Qozog‘iston Respublikasining Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uyushmasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha xalqaro forum o‘tkaziladi.

“Eng yaxshi poyabzal dizayni uchun”, “Eng yaxshi charm attorlik mahsulotlari dizayni uchun”, “Eng yaxshi charm mahsulotlari uchun”, “Eng yaxshi kiyim-kechak dizayni uchun”, “Eng yaxshi stend”, “Eng faol ishtirokchi uchun” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Ko‘rgazma yakunida eksport shartnomalari va investitsiya bitimlari imzolanadi.

 

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  O‘RVI: Bolangizning isitmasi ko‘tarilsa…

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: