Zaharli qo‘ziqorinlardan saqlaning

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yer yuzida qo‘ziqorinlarning 100 000 dan ortiq botanik turlari mavjud bo‘lib, O‘zbekiston hududida ularning 300 dan ziyod turi mavjud. Biroq shulardan atiga 25 turigina iste’mol uchun yaroqli hisoblanadi.

“Respublikamiz hududida o‘sadigan qo‘ziqorinlarning 275 turi zaharli hisoblanadi. Ularning tarkibida turli xil kuchli zaharli moddalar mavjud bo‘lib, qo‘ziqoringa qanchalik ishlov berilmasin (qaynatish, qovurish, dimlash, dudlash, marinadlash), tarkibidagi zaharli moddalar yo‘qolib ketmaydi hamda oshqozon-ichak fermentlari ta’sirida parchalanmaydi, iste’mol qilgan insonlarni zaharlanishga, og‘ir hollarda esa – o‘limga olib keladi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Respublikaning ba’zi jamoa va shirkat xo‘jaliklariga maxsus issiqxonalarda iste’mol uchun yaroqli bo‘lgan “veshenka” va “shampinon” qo‘ziqorin turlarini yetishtirish va savdo qilish uchun ruxsat berilgan.

Madaniy sharoitda yetishtirilayotgan qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan konserva mahsulotlariga sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati nazoratining laboratoriyalarida tahlil qilinib, inson sog‘ligi uchun zararsiz deb topilgan taqdirda gigiyenik sertifikat beriladi. Ana shunday qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarni savdo shoxobchalaridan xarid qilish hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

 Zaharlanish belgilari: Zaharli qo‘ziqorinni bilmay iste’mol qilgan kishilar 6-12 soat vaqt o‘tganidan so‘ng ko‘ngli aynab, tez-tez qayt qiladi. Oshqozon-ichak faoliyati buzilib, qorinda og‘riq paydo bo‘ladi va butun a’zoyi badani bo‘shashib ketadi.

Organizmga zarari: qo‘ziqorin tarkibidagi zaharli moddalar jigar, buyrak, me’da osti bezi va markaziy asab tizimi a’zolarini qattiq shikastlaydi.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  Kuz taomnomasining siri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: