19 yoshli iqtidorli sportchimiz Sadriddin – jahonda tengsiz

O‘zbekistonlik sportchi Sadriddin Saymatov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha jahon premyer-ligasining uchinchi bosqichida tengsiz ekanini isbotladi.

Dubayda o‘tgan musobaqada Surxondaryolik o‘n to‘qqiz yoshli iqtidorli sportchi Sadriddin Saymatov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. U vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan karate ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda gruziyalik David Tikebuchava, eronlik Behnam Mahdaviy, shvetsiyalik Daniyel Barkelaynd, rossiyalik Stepan Yefimenko, italiyalik Anxelo Kressenzo, turkiyalik Eray Samdan va Aykut Kayani yengib, birinchi o‘rinni egalladi.

Jahon premyer-ligasi besh bosqichdan iborat bo‘lib, musobaqalarga Parij, Rotterdam, Dubay, Rabot va Leypsig shaharlari mezbonlik qiladi. Mazkur bosqichlar sportchilar uchun 2020 yili Yaponiyada bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini berishi bilan ahamiyatlidir. Musobaqalar kumite – yakkama-yakka bellashuv bo‘yicha o‘nta va kata – ko‘rgazmali chiqish bo‘yicha to‘rtta vazn toifasida o‘tkaziladi.

Shuni ta’kidlash joizki, S.Saymatov Portugaliyada talabalar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza, Indoneziyada o‘tgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

 

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  BARHAYOT ILMIY MEROS

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: