Toshkent – mehmondo‘st shahar

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Olmazor tumani kengashi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 326-umumta’lim maktabida “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” loyihasi doirasida o‘tkazilgan festival shunday nomlandi.

Yoshlik talabalar shaharchasi hokimi Q.Shonazarov, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Olmazor tumani kengashi raisi Sh.Muhamedov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida milliy-madaniy merosimiz, urf-odat va an’analarimizni ulug‘lash, ularni yoshlar o‘rtasida targ‘ib etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi.

Xalqimizning boqiy qadriyatlarini mujassam etgan Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan festivalda “Oq terakmi, ko‘k terak?”, “Arg‘imchoq” va boshqa jamoaviy o‘yinlar tashkil etildi. O‘quvchilar o‘rtasida mamlakatimizning har bir viloyatining o‘ziga xos urf-odatlari, milliy qadriyatlari aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

– Bugungi festivalda mahorat va iste’dodimizni sinovdan o‘tkazish bilan birga, qadimiy milliy o‘yinlarimiz haqidagi bilim va tasavvurimizni yanada boyitdik, – deydi festival ishtirokchisi, Olmazor tumanidagi yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Hanifa Xolmirzayeva. – Biz guruhimiz bilan birga ko‘hna Xorazm viloyatining milliy taomlari, urf-odatlari, qadriyatlarini namoyish etdik.

Hunarmand va ijodkor yoshlar tomonidan milliy liboslar, tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmalari namoyish etildi. Milliy sport musobaqalari, sumalak va varrak sayli kabi bir-biridan qiziqarli tadbirlar uyushtirildi.

 

Sh.MAMATUROPOVA,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  NEYROXIRURGLAR ANJUMANI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: