Yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “Ota-onalar bilan muloqot xonasi” tashkil etildi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqish, fuqarolarning ta’limga oid huquqlarini ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda, xalq ta’limi vazirining virtual qabulxonasi, vazirlik “ishonch telefoni” va hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralarida tashkil etilgan virtual qabulxonalar orqali fuqarolarning murojaatlari qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida vazirlik tomonidan yana bir yangilik joriy qilindi. Xalq  bilan  muloqot va inson manfaatlari  yilida ta’lim muassasalari bilan ota-onalarning o‘zaro hamkorligini  yanada kuchaytirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning yangi  samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish, ota-onalar bilan ta’lim tizimiga oid muammolarni joyida hal etish, bu borada aholi bilan  yaqindan doimiy muloqotni tizimli tashkil qilish maksadida shu yilning 1 martidan boshlab respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida “Ota-onalar bilan muloqot xonasi” tashkil etildi.

Muloqot xonasida ota-onalar belgilangan jadval asosida muassasa rahbari, o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosar yoki ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi. Muloqot  jarayoniga fuqarolarning murojaatidagi masalalarning mazmun  mohiyatidan kelib chiqib, malakali va tajribali o‘qituvchilar yoki tegishli sinf rahbarlari jalb qilinishi ham mumkin.

Shuningdek, har oyda kamida bir marta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi a’zolari ishtirokida “Ota-onalar bilan muloqot” kunlari ham tashkil etiladi.

Ota-onalar istalgan vaqtda u yerga kelib, o‘zlarini qiziqtirgan masala yuzasidan rahbar xodimlar bilan muloqot o‘rnatishi mumkin. Bu esa mavjud muammolarni joyida tezkorlik bilan hal qilish hamda oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini kuchaytirish imkonini beradi.

 

Xalq ta’limi vazirligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  Samarqanddagi ikkita mehribonlik uyiga 30 million so‘mdan homiylik yordami ko‘rsatildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: