Yo‘llar

Yo‘llarni inson umriga qiyoslashadi. Har bir odamning o‘z umr yo‘li bo‘ladi. Kimlarnikidir uzun, kimlarnikidir qisqa, ba’zilarniki ravon, ayrimlarniki esa, past-balandliklardan iborat… Shunday yo‘llar ham bor-ki, yurishga ulgurmasingizdan adog‘iga yetadi… Dunyoga kelgan jamiki odam farzandi bir yo‘lovchi sifatida umr kechiradi. Bu yo‘llarda nimalarga va kimlarga duch kelishingizni bilmaysiz-u, oldinga qarab yuraverasiz, yuraverasiz… Yurar ekansiz, yo‘lingizda turli-tuman to‘siqlar ham ucharydi, go‘yo qattiq shamoldan so‘ng daraxt ag‘anagan misoli… Siz esa, kuchingiz yetganicha to‘siqlarni olmoqqa intilasiz va yo‘lingizda davom etasiz. Kimlargadir yordam qo‘lini cho‘zasiz, kimlardir esa, sizga ko‘mak bermoqqa shay. Ba’zilari sizni yo‘lning yarmidayoq tashlab ketadi. Bundan og‘rinsangiz ham, dilingiz tilka-pora bo‘lib, yurishga madoringiz yetmasa-da, davom etishga majbursiz…

Men ham umr yo‘lida ketmoqdaman. Yo‘limda duch kelgan ko‘ngilsizliklarga e’tiborsiz o‘tib ketmoqchi bo‘laman-u, ammo uddasidan chiqa olmayman. Ne qilayki, yuragim bunga yo‘l qo‘ymaydi. Nohaqlikni ko‘rib bir og‘rinsa, ikkiyuzlamachiliklarga ming bora ingraydi… Shunday holatlarda hamrohlaringizni tashlab, ortga burilib ketmoq istaysiz… ammo, bu imkonsizdir. Chunki, bu yo‘lda faqat va faqat oldga yo‘l bor. Oldinga qarab yuraverasiz, yuraverasiz… Turli-tuman kimsalarga duch kelasiz… Har bir inson boshqa-boshqa so‘qmoqlardan yursa-da, Jaloliddin Rumiy aytganlaridek: “Yo‘llar har-xil, odamlar boshqa, maqsadlar o‘zga… Biroq, borar manzil bir – ALLOH huzuri”…

 

Zahro Nurzoda

Yana o‘qing:  Shifokor qo‘shig‘i

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: