Stomatologlar anjumani

Namanganda “Stomatologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika Stomatologlar assotsiatsiyasi, Toshkent davlat stomatologiya instituti va Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning nufuzli tibbiyot muassasalari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari shifokor-olimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan stomatologlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan tibbiyot sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususan, viloyatlar, ayniqsa, chekka tuman va qishloqlar aholisiga yuqori sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini yaratish, aholini arzon va sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Davlatimiz rahbari joriy yilning 5 yanvar va 7 fevral kunlari sog‘liqni saqlash tizimi rahbarlari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida soha faoliyatini davr talabi darajasida tubdan yaxshilashdek mas’uliyatli vazifalarni belgilab berdi, – deydi O‘zbekiston Stomatologlar assotsiatsiyasi raisi Adham Hasanov. – Bu borada bugun stomatologiya sohasida ham profilaktika va davolash samaradorligini oshirish bilan bog‘liq ilmiy-amaliy, tashkiliy muammolar yo‘q emas. Bugungi tadbir stomatologiya sohasida erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni tahlil qilgan holda, oldimizda turgan muhim vazifalarni belgilab olish, sohada olib borilayotgan ilmiy-amaliy izlanishlar samaralari va ularni amaliyotga joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

Anjumanda stomatologiya xizmatini yanada takomillashtirish, tish kasalliklarini barvaqt aniqlash va samarali davolash borasidagi izlanishlar natijalari, to‘plangan tajribalar atroflicha muhokama etildi. Jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti professor-o‘qituvchilarining “O‘zbekistonda stomatologiya xizmatining muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari”, “Odontogen yallig‘lanish kasalliklarini tashxislash va davolash muammolari”, “Yuqori lab va tanglay kemtikliklari bo‘lgan bolalarni erta kompleks davolash tadbirlari”, “Jag‘larning nuqsoni va shakl buzilishini tashxislash va davolash”, “Bolalarda sut va doimiy tishlar kariyesi: zamonaviy diagnostika, profilaktika va davolash usullari” kabi mavzulardagi ilmiy ma’ruzalari barchada katta qiziqish uyg‘otdi.

Ishtirokchilar tibbiyot fanining stomatologiya yo‘nalishidagi yutuqlari bilan atroflicha tanishtirildi, yangi g‘oya va izlanishlardan boxabar qilindi. Tadbir yakunida sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi.

 

A.SATTOROV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari boshlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: