Inson ruhiyati haqida hayratlanarli faktlar

  1. Uyqu – eng yaxshi davo. Siz uxlaganingizda g‘azablanmaysiz, xafa bo‘lmaysiz va yolg‘iz qolmaysiz.
  2. Kechirish – bu unutish degani emas. Ammo bu xafagarchilik va og‘riqdan xalos bo‘lishga ko‘mak beradi.
  3. Insonning kuchli qiladigan vosita, o‘z navbatida uning zaif tomoni hamdir.
  4. Ba’zida sukut – “Men insonlarga tushuntirishdan charchadim, meni tushunishlari uchun urunmayman” – degan ma’noni anglatadi.
  5. Kunduzi pinakka ketish – endorfin va serotin miqdorini ortishiga sabab bo‘ladi, bardoshni oshiradi, insonni sermahsul ijodkorga aylantiradi.
  6. Insonlar ayniqsa o‘zlari bilan bog‘liq xotiralarni juda qadrlashadi.
  7. Insonlarga ba’zida o‘zlari yordamga muhtoj bo‘lsalarda, o‘zgalarni ruhlantirishga harakat qilishadi.
  8. Inson butunlay ishona olishi uchun faqatgina 2 nafar do‘st yetarli.
  9. Hayotida muammolarga ega bo‘lgan insonlargina, eng yaxshi maslahat bera olishlari mumkin.
  10. Inson qancha aqlli bo‘lsa, uning do‘stlari shuncha kam bo‘ladi.
  11. Tadqiqotlarga qaraganda erkak va ayol bir xil emotsiya (his tuyg‘u)ga ega. unchaki ayollar o‘z his tuyg‘ulari haqida juda ko‘p gapirishadi, erkaklar bo‘lsa uni sir tutishni ma’qul ko‘rishadi.
  12. Yuzingiz va izingizda bir xil munosabatda bo‘ladigan insonlarni qadrlang.
  13. Jismoniy harakatlar sizni sog‘lomlashtiradi. Uqalash muolajalari immunitetini ko‘taradi.
  14. Qo‘lingizdan nimalar kelishini bilish uchun qulayliklardan voz kechib turishga to‘g‘ri keladi.
  15. Insonning hayotingizda qanday o‘ringa ega ekanligini bilish uchun, hayotingizni usiz tasavvur qilib ko‘ring.
  16. Insonlar har doim ham maslahatga muhtoj emas. Ba’zida ularni yig‘isiga yelka tutish, muammolarini tushunish va eshitishning o‘zi yetarli.

 

 

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Shakarni ko‘p iste’mol qilish ruhiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: