Ob-havo ma’lumoti
Ob-havoni kuzatish markazlarining xabar berishicha, mart oyida yurtimiz bo‘ylab iliq havo harorati kuzatiladi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li va tog‘ oldi hududlarida sel kelish xavfi bor. Joylarda yog‘ingarchilik kuzatilsa-da, oyning birinchi yarmida harorat o‘rtacha +8 – +15 daraja atrofida iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Har qanday ob-havo sharoitida ham sizni bahoriy kayfiyat tark etmasin! Zero, bahor bayramlar faslidir.