MTMlariga qamrab olinmagan farzandlari bor 400 ming oila metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanadi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida 2017-2021 yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Farmonga binoan ta’lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq ta’limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan to‘liq ta’minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Shuni ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish muhim strategik vazifalardandir.

Prezidentimizning 2016 yil 29 dekabrdagi «2017–2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar bu boradagi ishlarning asosini tashkil qiladi.  Jumladan, qishloq aholi punktlarida 50 ta yangi maktabgacha ta’lim muassasasini qurish, mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash hamda ularni zamonaviy talablar asosida inventar, o‘quv-metodik qo‘llanma va zarur anjomlar bilan ta’minlash orqali jami 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.

Ta’lim-tarbiya jarayoniga xalqaro tajribalar asosida yangi dasturlar joriy etilib, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasi sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tariladi. MTMlarni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularning sifat tarkibini yaxshilash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yanada takomillashtiriladi. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017–2021 yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruh ochiladi. 3–6 yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan farzandlari bor 400 ming oila metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanadi.

Yana o‘qing:  Kichkintoylar libosi: unda sharqona jilo va milliylik aks etishi lozim

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: