Badminton bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Toshkentdagi “Chorsu” sport majmuasida badminton bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida yuzga yaqin sportchi yakkalik, juftlik va aralash juftlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
Chempionatning yakkalik bahslarida A. Baxshullayev, A. Xo‘jayev, A. Savatyugin, S. Sodiqova, Ye. Barinova va Sh. Shavkatova shohsupaga ko‘tarildi.
Juftliklar bahsida A. Baxshullayev va A. Xo‘jayev, S. Sodiqova va V. Mushtakova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Aralash juftliklar o‘rtasida T. Karimov va S. Sodiqova g‘alaba qozondi.
T. ORTIQOVA