Moddalar almashinuvini yaxshilovchi 10 mahsulot

Organizmda moddalar almashinuvi (metabolizm) qanchalik yaxshi ishlasa inson shuncha harakatchan va faol bo‘ladi. Uning yomonlashuvi jiddiy xastaliklarning yuzaga kelishiga: holsizlik, xolesterin miqdorining oshib ketishi, terining quruqlashishi, tana vaznining ortishi, depressiya va yurakning sekin ishlashiga sabab bo‘ladi. Shu sabab organizmni mustahkamlashda moddalar almashinuvining me’yorida bo‘lishi muhim sanaladi.

 

Limon

Limon jigarni xiltlardan tozalaydi va ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi. Uning  tarkibidagi fermentlar va S vitamini organizmni toksinlar va xiltlardan xalos etishga ko‘maklashadi. Bu moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega.

 

 Ko‘k choy

Ko‘k choy moddalar almashinuvini me’yorlashtiruvchi eng yaxshi mahsulotdir. Mutaxassislar tomonidan kuniga 2-3 piyola ko‘k choy ichish maslahat beriladi.

 

Qalampir  

Qalampir tarkibida kapsaitsin moddasi mavjud. U organizmdagi moddalar almashinuvini faollashtirishda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari ushbu modda oqsil va yog‘ hujayralari faoliyatini yaxshilaydi.

 

Greyfrutlar

Ular S vitaminiga boy. Uning tarkibida naringenin kuchli flavonoidi mavjud bo‘lib u antioksidant sanaladi. Naringenin qondagi insulin miqdorini kamaytiradi hamda qand miqdorini me’yorlashtiradi. Moddalar almashinuvini faollash xususiyatiga ega.

 

Olma

Olmaning ayniqsa yashil ranglisi moddalar almashinuvini yaxshilab ortiqcha vazndan xalos etadi. U ovqat hazm qilishini faollashtirib, ichak faoliyatiga samarali ta’sir o‘tkazadi.

 

Imbir

U termogen ta’sirga – tana haroratini tez fursatda ko‘tarish xususiyatiga ega. Bu esa moddalar almashinuviyaga ijobiy ta’sir etadi hamda kichik arteriyalarda qon aylanishi yaxshilanadi. Bularning barchasi tana haroratining ortishi bilan bog‘liq. Bu o‘z navbatida moddalar almashinuvini yaxshilab organizmdan ortiqcha kaloriyaning chiqib ketishiga ko‘maklashadi.

 

Qora qahva

Qahva tarkibida kofein moddasi mavjud. U markaziy asab tizimi ruhiy faolligini o‘stiradi, moddalar almashinuvini tezlashtiradi.

 

Dolchin

Dolchin – u moddalar almashinuvini yaxshilab, tana vaznini kamaytiradi. U qondagi qand miqdorini yaxshilaydi. Insulin darajasini nazorat qiladi.

 

Bodom

Bodom tarkibi kaloriyaga boy bo‘lsada, uning tarkibida o‘rnini hech narsa bilan bosib bo‘lmaydigan omega-3 yog‘ kislotasi mavjud. U moddalar almashinuvini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.

 

Brokkoli

Uning tarkibi kalsiy, S vitaminiga boy bo‘lib u moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari brokkoli tarkibida folat, omega-3 yog‘  kislotasi, magniy va S,K, V6 va V12  vitaminlari ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda, ortiqcha kaloriyaga ega emasligi bilan  ahamiyatlidir.

Yana o‘qing:  Turli dorilarni bir vaqtda qabul qilish salbiy oqibatlarga olib keladi

 

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: