O‘qituvchilarimiz xorijda malaka oshirib qaytdi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Yilning eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari yaqinda Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirib qaytdi.
Buyuk Britaniyaning nufuzli ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Glazgo Kaledonian universitetida o‘qituvchilarimiz malaka oshirishdi. O‘zbekistonlik ingliz tili o‘qituvchilari Glazgo shahrida joylashgan Glazgo akademiyasi va Angilya maktablarida bo‘lib, mamlakatimiz hayotiga oid taqdimotlar o‘tkazdi. Malaka oshirish kursi yakunida O‘zbekiston o‘qituvchilariga xalqaro sertifikatlar topshirildi.
“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari va internet materiallari asosida tayyorlandi