Xorijdagi tibbiyot oliygohlarida ta’lim olayotgan 120 dan ziyod talaba O‘zbekistonda ishlashga va’da berdi

Chet eldagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida ko‘plab hamyurtlarimiz tahsil olayapti. Birgina Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universitetida O‘zbekistondan 120 dan ortiq talaba o‘qimoqda. Yaqinda Rossiyaga tashrif buyurgan vazirlik delegatsiyasi ular bilan uchrashdi. O‘zbekistonlik yoshlar o‘qishdan so‘ng ona Vatanimizga qaytib, ishlashga va’da berishdi, deya ma’lumot bermoqda minzdrav.uz sayti.  

Yaqinda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasida “Xalq salomatligi: muammo va dolzarb vazifalar” mavzuida tashkil etilgan ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikramovga “Chet ellarda ishlayotgan o‘zbekistonlik shifokorlarni mamlakatimizga qaytarish masalasida ham aniq topshiriqlar berilgan edi. Bu borada qanday amaliy harakatlar qilinmoqda?” degan savolga shunday javob berildi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bergan topshiriqqa asosan, xorijda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining ro‘yxati tuzildi va ular bilan suhbatlashildi. Aniqroq aytganda, Sog‘liqni saqlash vazirligi chet ellardagi bir qancha tajribali shifokorlar bilan ularni mamlakatga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Xususan, Norvegiya, Daniya, Kuvayt va Rossiyada ishlayotgan kardiojarroh, neyrojarroh, ortopediya, travmatologiya va jigar jarrohligi bo‘yicha mutaxassislar bilan qilingan muloqotlar natijasida ulardan 10-15 nafari joriy yilda mamlakatga qaytishga rozilik bildirdi.

Xorijdan qaytib kelib, yurtimizda o‘z faoliyatini davom ettiradigan shifokorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni uy-joy va munosib maosh bilan ta’minlash masalalari ham ko‘zda tutilmoqda.

Ayni paytda Sog‘liqni saqlash vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tibbiyot yo‘nalishidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining diplomlarini nostrifikatsiya qilish masalalarini ham ko‘rib chiqayotir.

Yana o‘qing:  “SALOMATLIK POYEZDI” NAVOIYDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: