Kamqonlikning bola miya faoliyatiga salbiy ta’siri xususida

Kamqonlikning kelib chiqishiga asosiy sabab organizmda temir moddasining yetishmasligi hisoblanadi. Shuningdek, bu kasallikning ruhiy jihatlariga bemorning tez

toliqishi kiradi.

Ayniqsa, yosh bolalarning beholligi, ularning fikrlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilarning o‘zlashtirishi pasayib, ularning olgan ma’lumotlarini miyasi yaxshi tahlil qilmaydi. Natijada xasta odamda asabiylashish, jizzakilik kuzatiladi.

Miyada juda katta miqdordagi neyronlar mavjud. Bu neyronlar ma’lumotlarni tushinishi va tahlil qilishi kerak. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, kamqonlikning ta’lim jarayoniga salbiy ta’siri juda katta. Bunda izchillik va tizimlilik buziladi. Deylik, bugun maktabda mavzu o‘tildi, uni bola miyasida tahlil qilishi va tasniflashi kerak. Ertasiga esa keyingi mavzuni o‘tgan mavzuga bog‘lashi muhim sanaladi. Lekin, kamqonlikka chalingan bemor bola bu mashg‘ulotlarni o‘zlashtirishga qiynaladi. Chunki, unda operativ xotira buzilgan bo‘ladi.

 

Kamqon bolalar bilan ishlash katta sabr-toqatni talab qiladi. Har qanday vaziyatda ham shuni unutmaslik kerakki, ota-ona har tomonlama farzandi uchun javobgar sanaladi.

 

Bemor bolaning kesak yeyishi, shama chaynashi va turli hidlar (benzin, yelim, zax)ni xush ko‘rishiga asosiy sabab organizmda temir moddasining yetishmasligidir. Bola tanasi rivojlanayotgan organizm hisoblanadi. Shu sababli u hamma narsani tatib ko‘rgisi keladi. Bunday paytda unga sut mahsulotlarini berish tavsiya etiladi. Qurt mahsulotini tanovul qilish orqali farzandingizni zararli gilvata yeyishdan xalos qilish mumkin.

Bola axborotlarni yetarlicha qabul qilib, miyasida tahlil qila olmasa, ota-onalar farzandi bilan alohida shug‘ullanishlari kerak. Uning shaxsiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazmaslik muhim sanaladi. Masalan, onasi tomonidan aytilgan “Sen eplay olmaysan”, “Bu ish sening qo‘lingdan kelmaydi” kabi so‘zlar uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi susayishiga sabab bo‘ladi.

Bolaning kamqonligi uning ruhiy holatiga salbiy ta’sir qilishi kerak emas. Ya’ni, bu dardni shifokor davolagach, albatta, farzandingizning sifatli va to‘g‘ri ovqatlanishini uyda kattalar, maktabda esa o‘qituvchi nazorat qilishi zarur.

Kamqonlikdan tuzalgan bola birdan hamma ma’lumotlarni o‘zlashtira olmaydi. Ota-ona buni doimo yodda saqlashi muhim sanaladi. Lekin, shu bilan birgalikda farzandingiz dars tayyorlayapti deb unga hamma narsani tashlab qo‘ymaslik kerak. Uning darslarini doimo nazorat qilish, tushunmagan joyini tushuntirish kattalarning zimmasida. Bolaning o‘qish faoliyati kamqonlik tufayli deylik, olti oyga orqaga ketdi. O‘sha yo‘qotilgan vaqt o‘rnini qoplashda farzandingiz bilan birgalikda sabr-toqat bilan ishlashingiz kerak. Agar bolani to‘g‘ri fikrlashga o‘rgatsak, u boqimandaga emas, balki boquvchiga aylanadi. Bunga qanday qilib erishish mumkin? Masalan, uni rag‘batlantirish, kelajakda buyuk inson bo‘lishiga ishontirish darkor.

Yana o‘qing:  Hamyurtlarimiz uchun haj kvotasi 40 foizga oshirildi

Farzandlar bizning kelajagimiz. Shunday ekan ularni kasbu korga va hayotga bo‘lgan munosabatini to‘g‘ri yo‘naltira olishimiz muhim sanaladi. Shuningdek, bemorning toliqishiga nosog‘lom muhit va o‘zgalarning salbiy munosabati ham katta ta’sir o‘tkazishini unutmaylik.

 

Shoista SAMAROVA, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: