Futbol: jahon chempionati ishtirokchilari soni oshirildi
FIFA jahon chempionati ishtirokchilari soni oshirilganini rasman e’lon qildi.
Bu o‘zgarish 2026 yilgi jahon chempionatidan boshlab amalda bo‘ladi. Turnir shakliga ko‘ra 48 terma jamoa 3 tadan bo‘lib, 16 guruhni tashkil qiladi. Birinchi va ikkinchi o‘rin egalari keyingi bosqichga o‘tadi.
Bundan oldingi xabarlarda yangi shaklga ko‘ra, guruh bosqichida durang natija bo‘lmasligi mumkinligi aytilgandi. JCH-2026da OFKning 8ta terma jamoasi ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.
T. ORTIQOVA