Harbiy oilalar sog‘lomlashtirildi
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyachilari kuniga va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqanlar istiqlol yillarida mamlakatimiz mudofaa tizimini isloh etish yo‘lida amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, o‘tgan yil davomida fondning ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari shifokorlari respublikamiz miqyosidagi harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgani ta’kidlandi.