Mikroblar inson o‘limining sanasini aniqlashga yordam beradi
Amerikalik olimlar inson o‘limining vaqtini aniqlashning yangi usulini ishlab chiqishdi.
Yangi algoritm hatto bir necha oy ilgari vafot etgan odamlarning o‘lim sanasini aniqlik bilan bilishga yordam beradi.
Tadqiqotlar davomida olimlar o‘limdan so‘ng inson tanasining ichki va tashqi tomonida yashaydigan ma’lum nekrobiom mikroblari to‘plamini aniqlashdi. Aynan sifatli nekribiom namunalari vafot etish vaqtini aniqlash imkonini beradi. Olimlar bunday uslub kriminalistlar, shuningdek, fosh qilinmagan eski jinoyatlarni tekshirishda qo‘l keladi, deb taxmin qilishmoqda.