Kim, qayerda, qanday kutib oladi?!
Dunyoning ko‘plab davlatlarida yangi yil bayrami o‘ziga hos an’ana, urf-odatlar asosida o‘tkaziladi. Bugun ulardan ayrimlari haqida so‘z yuritmoqchimiz.
Kuba aholisi yangi yilni yorug‘ va nurafshon yo‘l bilan boshlashni istaydi. Shu bois, ular yarim tunda idishlarni toza suvga to‘ldirib, uni derazalardan to‘kib yuborishadi. Qadimiy rivoyatlarga ko‘ra bu odat ular uchun omad keltiradi.
Nepalda esa odamlar Yangi yil tongi otishi bilan ko‘chalarda ulkan gulhan yoqib, eski va keraksiz buyumlarni yoqib yuborishadi. Nepalliklarning fikricha bu ularni eskirgan o‘y-hayollar va g‘oyalardan halos bo‘lib, yangi rejalar tuzishga undar ekan.
Braziliyaliklar shu kuni oqshomda okean qirg‘og‘iga chiqib, dengiz ilohlaridan yurtiga tinchlik ato etishini so‘raydilar. Ular ayni maqsadda iloh Yemenjaga hadya sifatida gul, ko‘zgu va taqinchoqlar ortilgan kemalarni okean oqimlariga qo‘yib yuborishadi. Bu o‘tgan yaxshi yil uchun minnatdorlik va Yangi yildagi tinchlik uchun umidvorlik belgisi hisoblanadi.
Rossiyada Yangi yil g‘oyat tantanali ravishda kutib olinadi. Ushbu sanani xalq o‘n kun mobaynida ishga chiqmay bayram qiladi. Chunki ularda 1 yanvar – Yangi yildan yetti kun o‘tgach, eski Yangi yil ham kirib keladi. Yulian kalendari bo‘yicha 7 yanvar yangi yilning birinchi kuni hisoblanadi.
Dunyoning qaysi mintaqasida bo‘lmasin, yangi yil bayrami insonlarga olam-olam quvonch va shodlik olib keladi.
I. BURGUTBOYEV