Uzum immunitetni mustahkamlaydi

Uzum tarkibida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan juda ko‘p moddalar mavjud. Mutaxassislarning ta’kidlashicha mazkur meva nafaqat salomatlikni tiklaydi, balki kishi kayfiyatini ko‘taruvchi xususiyatga ham ega.

Mazali meva qadimda ham mashhur bo‘lgan. Hozirda Yevropa va Janubiy Amerikada uzumning yirik ekin maydonlari mavjud. Undan mazali desertlar tayyorlanadi hamda turli kasalliklarni davolash maqsadida ishlatiladi.

Qizil va qora rangli uzum inson organizmiga kuch va quvvat baxsh etadi. Bugungi kunda undan kosmetologiya, tibbiyot, vino ishlab chiqarish sanoatida ham keng foydalanilmoqda. Bu mevaning kosmetik xususiyati o‘ziga xos. E’tiborlisi, eng zamonaviy va qimmat kosmetik vositalar tarkibi aynan uzum danaklaridan tayyorlanadi. Bu kabi vositalardan foydalanish yuz va badan terisini silliq va yosh holatda saqlashga yordam beradi.

Uzum charchoq va ruhiy siqilish bilan kurashadi. U mineral va vitaminlarga boy. Xususan, ushbu meva tarkibida RR va V, S guruhiga mansub barcha vitaminlar hamda rux, mis, fosfor, kremniy, natriy va temir kabi mineral moddalar mavjud.

 

Uzumning kaloriyasi juda yuqori. 100 gr meva tarkibi 65 kilokaloriyaga ega. Undagi minerallar inson organizmini barcha kerakli moddalar bilan ta’minlaydi.

 

Ayniqsa, meva tarkibiga kiruvchi foli kislotasi tanada qon aylanish faoliyatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Foydali aminokislotalar esa moddalar almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadi. Tarkibidagi beta-karotin – ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi va bir qancha ko‘z kasalliklariga qarshi kurashuvchi vosita sanaladi.

Uzumning danagi ham foydali xususiyatlarga ega. Undan qilingan sharbat organizmni kerakli kuch va energiya bilan ta’minlaydi. Bu mevani doimiy ravishda iste’mol qilish immun tizimini mustahkamlashga katta yordam beradi. Qolaversa, uzum bosh miyaning ishlash jarayonini faollashtiradi, ayniqsa, doimiy ravishda aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi insonlar uchun uning foydasi juda katta.

Ertalab ichilgan bir stakan uzum sharbati kun davomida inson organizmini muhim bo‘lgan barcha vitaminlar bilan ta’minlaydi. Ayniqsa, bu mevani nafas a’zolari siqilishidan aziyat chekuvchi insonlar tanovul qilishlari tavsiya etiladi. Shuningdek, uzum balg‘am ko‘chirish va mikroblarga qarshi kurashuvchanlik xususiyatiga ham ega. O‘pka yallig‘lanishi, plevrit, bronxit, astma (ziqqinafas) kasalliklarida yaxshi foyda beradi. U jigar va buyrak faoliyatining ishlash jarayoniga ijobiy ta’sir etadi. Qolaversa, qabziyat, me’da faoliyatining buzilishi, ovqatdan zaharlanishda ham davo maqsadida ishlatiladi. Bu shifobaxsh meva xavfli o‘sma kasalliklariga qarshi muhim vosita. Migren (miyaning yarmidagi og‘riq), surunkali asab buzilishlari, depressiya (ruhiy tushkunlik), asossiz qo‘rquvlar natijasida yuzaga keluvchi asab faoliyati bilan bog‘liq kasalliklarda uzumni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Yana o‘qing:  Virtual qabulxona: muammolar o‘z yechimini topmoqda

 

X. HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: