7 kun davomida
Qo‘qon shahar musiqali drama teatri binosi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Buning uchun davlat byudjetidan 2 milliard 400 million so‘m mablag‘ sarflandi. Tomosha zali, foyeda tomoshabinlar uchun barcha sharoit yaratildi. Zal, sahna yoritish va ovoz kuchaytirish uskunalari bilan jihozlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasining Markaziy gospitalida yangi jarrohlik bo‘limi ish boshladi. 120 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur binoda travmatologiya, umumiy jarrohlik, urologiya, maxsus jarrohlik, neyroxirurgiya, oftalmologiya va bo‘g‘inlar jarrohliklari hamda jonlantirish bo‘linmalari mavjud.