Beminnat yordam bermoqda
Millat ertasi bo‘lmish yosh avlodga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ezgulikning bosh mezonidir. Davlatimiz ana shunday yo‘lning boshidan tutdi. Bunda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining alohida o‘rni bor.
Mana bir necha yildirki, fond respublikamizning chekka-chekka hududlarida yashovchi aholini chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib, ijtimoiy himoyaga muhtoj yurtdoshlarimizga o‘zining beminnat yordamini berib kelmoqda.
Shuni quvonch bilan aytishim kerakki, fond tomonidan muntazam ravishda “Kenes” ovul fuqarolar yig‘ini aholisiga bepul tibbiy va xayriya yordamlari ko‘rsatilmoqda. Ayniqsa, ovul hududida istiqomat qiluvchi nogiron bolalarni mamlakatimiz va chet elning ilg‘or klinikalarida bepul davolanib kelishlari uchun amalga oshirgan xayriya ishlari tahsinga loyiq. Buning uchun ularga butun ovul fuqarolari nomidan chuqur minnatdorligimni bildiraman.
Sizlarning xalq salomatligi yo‘lida amalga oshirayotgan xayrli ishlaringizga omad va zafarlar, barcha fidoyi xodimlaringizga esa tani sihatlik, uzoq umr tilab qolaman.
Z. XAMZIYAEV,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Chimboy tumani,
“Kenes” ovul fuqarolar yig‘ini raisi