Qizlarimiz Osiyo chempionati finalida

O‘zbekiston qizlar terma jamoasi 2017 yili Xitoyda 19 yoshgacha qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Dushanbe shahrida o‘tgan Osiyo chempionati saralash bosqichida Bahrom Norsafarov shogirdlari avval Tojikiston, keyin Gonkong yoshlar terma jamoalarini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, uchinchi turda Xitoy Taypeyiga qarshi maydonga tushdi. Mazkur uchrashuvning 26-daqiqasida Maftuna Panjiyeva o‘n bir metrlik jarima to‘pidan unumli foydalanib terma jamoamizga g‘alaba olib keldi.

O‘zbekiston terma jamoasi 9 ochko to‘plagan holda “V” guruhida birinchi o‘rinni egallab, 2017 yili Xitoyda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatining final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2014/15)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: