TIL BILGAN EL BILADI (2012-6)
Yunusobod tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tomonidan tumandagi 17-davlat ixtisoslashtirilgan maktabda amaliy-o‘quv seminari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan o‘quv-seminarida tumandagi barcha umumta’lim maktablari chet tili fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Seminarda kelgusi o‘quv yilidan boshlab birinchi sinfdan ingliz tili fanini o‘qitadigan o‘qituvchilarga kerakli tavsiyalar berildi. Xususan, xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha ilg‘or tajribalar, tavsiyalar, chet tilini o‘qitishda zamonaviy AKTdan foydalanish bo‘yicha vazirlik mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilayotgan tavsiyalar bilan tanishtirildi. Beshta sho‘baga bo‘linib davom ettirilgan amaliy-o‘quv seminarida o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashishdi.
Mehrixon ORTIQOVA,
Yunusobod tumani Xorijiy tillar akademik litsey o‘quvchisi