Xurrak shovqini eshitilmaydi

Isroillik olimlar oila a’zolari xurrak otadigan insonlarning sokin uyqusini ta’minlovchi ajoyib qurilmani yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu gadjet – Silent Partner (“Kamgap hamkor”) deb nomlanadi.

Ko‘rinishidan pensne-ko‘zoynaklarini eslatuvchi qurilma ikkita bir-biri bilan bog‘langan sensordan iborat. Moslamani ishlatishdan avval, uni burunning ikki tomoniga kiydirish va maxsus tibbiyot yelimi bilan qotirib qo‘yish lozim. Yelim uyqu vaqtida ularning joyidan tushib ketmasligini ta’minlaydi.

Xurrak paydo bo‘lganda, sensor tovush to‘lqinining amplitudasi va chastotasini tutadi va uning o‘rniga teskari faza tebranishlariga ega to‘lqinni yuboradi. Natijada tovush to‘lqinlari bir-birini interferensiya prinsipida so‘ndiradi va xurrak ovozi bosiladi. Qurilma quvvati butun tunga yetadigan ichki akkumulyatordan quvvatlanadi.

Ishlab chiqaruvchilar yaratilgan ushbu ixtiro insonlarni faqatgina xurrak ovozidan qutqarishini, uning sababiga esa mutlaqo ta’sir qilmasligini ta’kidlashmoqda.

G. EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  YURAK KASALLIKLARINING OLDINI OLISHGA QARATILGAN LOYIHA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: