Dzyudochilarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 6 ta oltin, 3 ta kumush va 11 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Mazkur musobaqada dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan 135 nafar sportchi o‘n to‘rt vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kurashdi. Quvonarlisi, ushbu turnirda dzyudochilarimiz ham ona Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.

Vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida Muhriddin Tilovov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, ushbu vaznda qatnashgan yana bir sportchimiz Sharofiddin Lutfullayevga uchinchi o‘rin nasib etdi.

Vazni 73 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar o‘rtasida mahoratli polvonimiz Mirzohid Farmonov oltin, G‘iyosjon Boboyev kumush, Muso Sobirov esa bronza medal bilan taqdirlandi.

Vazni 81 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida Davlat Bobonov qozog‘istonlik Yernazar Xamzin, qirg‘izistonlik Vladimir Zoloyev, ozarbayjonlik Rufat Ismoilov va yaponiyalik Xayato Vatanabeni yengib, turnir g‘olibi bo‘ldi. Vazni 90 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida Yahyo Imomov oltin, Davronbek Sattorov kumush, Muhammadkarim Xurramov esa bronza medalni qo‘lga kiritdi.

100 kilogrammgacha og‘irlikdagi sportchilar bellashuvida Soyib Qurbonovga teng keladigan raqib topilmadi. Shuningdek, ushbu vaznda Erkin Doniyorov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy egalladi. Vazni 100 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan polvonlar o‘rtasida Boltaboy Boltayev bronza medal bilan taqdirlandi.

Xotin-qizlar o‘rtasida vazni 70 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar bahsida Gulnoza Matniyozova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘z vazn toifasida Diyora Keldiyorova kumush, Nodira Gulova, Muqaddas Kubeeva, Guloyim Jumaboyeva, Sanobar Sultonova, Kumush Yo‘ldosheva va Rahima Yo‘ldosheva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Gripp kasalligini oyoqda o‘tkazmang, uning asoratlari hayot uchun xavfli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: