Prezidentimizning mehri va g‘amxo‘rligini hech qachon unutmaymiz

Mustaqilligimiz asoschisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov xotirasi xalqimizning qalbida mangu yashaydi. Butun xalqimiz Prezidentimiz vafotidan chuqur qayg‘uda.

 

Ruslan NURUDINOV,

og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo va jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi:

Yurtboshimiz Islom Karimovdek xalqparvar, bolajon, yoshlarni “Mening farzandlarim!” deb bag‘riga bosib, cheksiz mehr-muhabbatini namoyon etadigan rahbar kam bo‘lsa kerak.

Men mamlakatimiz mustaqilligi e’lon qilingan 1991 yili tug‘ilganman. Mustaqil davlatimiz bilan birga o‘sdim, ulg‘aydim. Mana shu o‘tgan yigirma besh yilda men va men kabi barcha tengdoshlarim Prezidentimizning ulkan mehri va g‘amxo‘rligi og‘ushida voyaga yetdik. Nimani niyat qilsak, qalbimizda qanday ezgu maqsad bo‘lsa, barchasiga erishayapmiz. Bu mamlakatimizda zamonaviy ta’lim olishimiz, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishimiz, o‘z iqtidor va salohiyatimizni namoyon etishimiz uchun yaratilgan keng imkoniyatlar natijasidir.

Yaqinda Braziliyada o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritib, Olimpiada rekordini yangiladim. Yurtboshimiz bu yutug‘imni yuksak baholab, 2016 yil 24 avgustdagi farmoni bilan meni “El-yurt hurmati” ordeniga munosib ko‘rdi.

Shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilar ekanman, Prezidentimiz ishonchini oqladim, yuzim yorug‘ bo‘ldi, endi Islom bobomiz bilan ko‘rishganda, musobaqada dunyoning manaman degan davlat vakillari bilan bellashdim, mening g‘alaba qozonishimda Sizning “Marrani baland oling, aziz farzandlarim! O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emas va hech qachon kam bo‘lmaydi” degan da’vatingiz katta kuch berdi deyman, duosini olaman, deb niyat qilgandim. Afsuski, armon bo‘lib qoldi…

Yurtboshimizning bu da’vatlari yuragimizdan hech qachon o‘chmaydi va bizni yanada yuksak g‘alabalar sari ilhomlantiraveradi. Prezidentimiz xotirasi qalbimizda abadiy yashaydi.

 

Bektemir MELIQO‘ZIYEV,

boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo va jahon chempioni, II o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi, kattalar o‘rtasida Osiyo chempioni, jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlari sovrindori:

Prezidentimizning biz, yoshlarga ko‘rsatgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rligi, bildirgan yuksak ishonchini hech qachon unutmaymiz. Biz bu ishonchni doim oqlashga, yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda o‘z salohiyatimizni namoyon etib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga intilaveramiz.

Meni va tengqurlarimni Prezidentimiz asos solgan uch bosqichli uzluksiz sport musobaqalari tarbiyaladi, iste’dodimizni yuzaga chiqardi. Sportdagi faoliyatimizda yuksak natijalarga erishishimizda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.

Yana o‘qing:  Yuqori texnologiyali protez qo‘l

Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida Prezidentimiz farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan taqdirlandim. 2015 yili Konstitutsiya bayrami arafasida bo‘lib o‘tgan bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezidentimiz meni bag‘riga bosib, “Sen Braziliyada bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarida chempion bo‘lishing kerak!” deya yuksak ishonch bildirgan edi.

Braziliyada o‘tgan Olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsam-da, Prezidentimiz bu yutug‘imni yuksak baholadi. Men Prezidentimizning 2016 yil 24 avgustdagi farmoniga binoan “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlandim.

Prezidentimiz Islom Karimovning otalarcha mehri va g‘amxo‘rligini hech qachon unutmaymiz.

 

O‘zA muxbiri Bayram AYTMURODOV yozib oldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: