Mangulikka yoqilgan ilm mash’ali

Ilm izlagan fidoyi inson borki, o‘z bilganlarini imkon qadar keng yoyish va hayotga tatbiq etishni hayotiy shioriga aylantiradi.

Chunki, olim uchun ilm o‘rganishning o‘zi kifoya emas, balki uni taraqqiyot yo‘lida sarf etishni ham bilmoq lozim.

Tibbiyot fanlari doktori, professor, Beruniy nomidagi davlat mukofoti sohibi, yetuk biokimyogar olim Ergash Isayev ana shunday insonlardan biri edi. Uning ilmiy faoliyati, avvalo, sobiq O‘zbekiston Biokimyo instituti va Yadro fizikasi institutida kechdi. Tinib-tinchimas olim izotoplar bilan nishonga olingan liposomalarning mo‘ljallangan manzilga yetib kelishini o‘rgandi. Shuningdek, chorvachilik va paxtachilikda liposomalar yordamida qora mollar zotini yaxshilash va o‘simlikning kasallikka qarshiligini oshirish muammolari ustida ham uzoq yillar bosh qotirdi. So‘ngra turli dori vositalari liposomalarga o‘ralib, Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, bolalar shifoxonalari, onkologiya, teri-tanosil kasalliklari, O‘simliklar biokimyosi instituti laboratoriyalarida tekshirildi.

U kishi – “biokimyogarning qo‘lidan hamma ish kelishi kerak, hech qaysi texnik yoki olim sizga zarur buyumni ko‘ngildagidek yasab berolmaydi. Laboratoriya sichqoniga ovqat berishdan to murakkab elektron texnikasini moslashtirib olishgacha bo‘lgan jarayonda o‘zingizga ishonishingiz kerak”, der edi. Shu bois, ustoz ish orasida televizor va radio tuzatish bo‘yicha mutaxassislikka ham o‘qishga vaqt topgan edi.

“Liposomalar faqat qonda tashuvchi vazifasinigina o‘tab qolmay, hujayra va to‘qimalarni tozalaydi. Ularning tiklanishiga xizmat qiladi”, derdi olim. Moskvadagi Kardiologiya markazida muvafaqqiyatli o‘tkazilgan tajribada shu narsa aniq bo‘ldiki, liposomaga o‘ralgan dori vositasi quyon yuragiga tez yetib bordi va uning zarari boshqa a’zolarda aniqlanmadi.

Ma’lumki, dori vositasi bir a’zo faoliyatini tiklasa, boshqasini zararlaydi. Liposomali usul xaqiqatda fanda yangilik edi. Ayrim chet davlatlarda “Essensiale”, “Essel-forte” kabi liposomali dori preparatlari ishlab chiqariladi. Ammo, ularda lipidlar soya o‘simligidan ajratib olinadi. Hayvonot dunyosidan liposoma ajratib, undan foydalanish g‘oyasi va usuli hamyurtimiz Ergash Isayevga tegishli edi. Bu ixtiro uchun olim davlat mukofotiga loyiq deb topildi. 1985 yili ustoz “Gormonlarning samarali so‘rilish mexanizmida hujayra membranasidagi lipidlarning ahamiyati” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Unga chet eldan ko‘plab takliflar keldi. E. Isayev Germaniya, Xitoy kabi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lib, u yerlik olimlar bilan o‘zaro tajriba almashdi.

Yana o‘qing:  Farzandi kamolida baxtiyorlik nashidasi

Ustoz uch nafar fan doktori va ko‘plab fan nomzodlarini shogird sifatida tarbiyaladi. Olimning fanga qo‘shgan hissasi sabab 30dan ortiq mualliflik patentlari olindi.

Ishonamizki, Ergash Isayevning ko‘plab shogirdlari kelajakda olimning ilmiy ishlarini davom ettirib, sohaning gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shadilar.

 

S. TURSUNBAYEVA,

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi

Tarix institutining faxriy professori,

J. XOLIQOV, biologiya fanlari doktori, professor

M. KAMOLOVA,

Tabiiy tibbiyot va gerantologiya markazi direktori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: