Sportchilarimiz shohsupada

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari ikkita bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan dastlabki kungi bellashuvlarda Diyorbek O‘rozboyev O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga ilk medalni keltirdi. Vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida qatnashgan iqtidorli dzyudochimiz avstraliyalik Joshua Kats, shveysariyalik Lyudovik Chammartin, braziliyalik Felipe Kitadai va gruziyalik Amiran Papinashvilini yengib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Vazni 66 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida dzyudo bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, Pekin va London Olimpiadalari sovrindori Rishod Sobirov ham delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi bronza medalni qo‘shib qo‘ydi. U keskin va murosasiz bahslarda belaruslik Dmitriy Shershan, arubalik Jeym Mata, Dominikan Respublikasidan Uander Mateo va sloveniyalik Adrian Gombotsni mag‘lubiyatga uchratdi.

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashayotgan bokschilarimiz ham nufuzli musobaqani g‘alaba bilan boshladi.

Tajribali bokschimiz Xurshid Tojiboyev vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi dastlabki jangini qatarlik Hakan Ereskerga qarshi o‘tkazib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Ikkinchi jangda esa charm qo‘lqop ustasi Buyuk Britaniya vakili Jozef Kordinani mag‘lubiyatga uchratib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Vazni 69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida qatnashayotgan Shahram G‘iyosov ham o‘zining dastlabki g‘alabasini nishonladi. U ispaniyalik Youba Ndyae Sissokoni yengdi. Endi Shahram navbatdagi jangini litvalik Eymantas Stanionisga qarshi o‘tkazadi. Shuningdek, vazni 91 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Rustam To‘laganov hamda 49 kilogrammda Hasanboy Do‘stmatovlar ham ilk bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar (2015–36)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: