7 kun davomida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston davlat mustaqilligini mustahkamlashdagi roliga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashida “Eng yaxshi ishchi kasb egasi” tanlovi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Farg‘onada “O‘zarxiv” agentligi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Biz – 25 yoshdamiz!” shiori ostida “Respublika yosh arxivchilar forumi” o‘tkazildi.
Andijonda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tashkilotning o‘tgan ikki yarim yillik faoliyati atroflicha tahlil qilinib, kelgusi vazifalari belgilab olindi.