7 kun davomida

23-24 iyun kunlari poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.

Bo‘lajak ShHT sammiti davlat rahbarlarining yubiley majlisi bo‘lib, Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil topganining 15 yilligiga bag‘ishlanadi.

 

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida boshqaruv kadrlarini tayyorlash masalasiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi.

Anjumanda o‘zaro iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlashda interaktiv platformalarning imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

 

Qashqadaryoda “Ishbilarmon ayol – 2016” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat ko‘rsatish kabi talablar bo‘yicha o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi.

 

Mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlarida 2016–2017 o‘quv yili uchun qabul jarayoni boshlandi.

Davlat test markazining ma’lumotiga ko‘ra 2015 yilda oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 605 ming nafardan oshgan bo‘lib, joriy yil bu ko‘rsatkich yanada ortishi kutilmoqda.

Yana o‘qing:  Bilimi bor mingni yiqar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: