VOYAGA YeTMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM

sohaga doir qonun hujjatlarining ahamiyati

Bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, madaniy, ma’naviy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va xuquqiy islohotlarni amalga oshirishda xuquqiy tarbiyaning o‘rni juda muhimdir.

Ma’lumki, har qanday mamlakat o‘z kelajagini bolalar, voyaga yetmagan yoshlar timsolida, aniqrog‘i, ularni jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazishda ko‘rishi tabiiydir. Shu sababli, mustaqillikning dastlabki kunlaridan respublikamizda yoshlarning yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishiga alohida e’tibor berildi.

Yurtboshimiz bu masalaning dolzarbligini ta’kidlab, shunday degan edi: “Vatanimizning kelajagi, halqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori, avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”.

O‘tgan yillar davomida respublikamizda bolalar huquqlarini himoya qilishning muhim ustuvor yo‘nalishi – voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklari, qarovsizligi va nazoratsizligining oldini olish borasidagi ishlarga ham muhim masala sifatida qaralib, bu borada tizimli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 7 yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi”gi qonunida bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, ularning ijtimoiy ko‘nikmasiga, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga ko‘maklashish bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatilgani, qolaversa, jinoiy javobgarlikka tortilgan va jazoni ijro etish muassasalarida turgan, ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning ham ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar sifatida e’tibor berilgani mamlakatimizda bola huquqlarini ta’minlash, ularni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash va voyaga yetmaganlar jinoyatlarining oldini olish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 30 sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni o‘smirlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ko‘rsatib berdi.

Voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarliklari profilaktikasi bo‘yicha faoliyat ob’yektlari hisoblangan ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmagan va oila nazoratisiz va qarovisiz voyaga yetmagan, shuningdek, ushbu qonunning ijrosi uchun ma’sul bo‘lgan sub’yektlar faoliyatiga oid bo‘lgan voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, yakka tartibdagi profilaktika ishi, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar tushunchalarining berilganligi amaliyotda atamalarni bir xilda tushunish va qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolarni hal etishga xizmat qiladi.

Yana o‘qing:  FAXRIYLAR E’ZOZDA

Ichki ishlar idoralari tizimini isloh qilishga asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 27 martdagi “Ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida militsiya tayanch punktlari yoshlar o‘rtasida tashkiliy-tarbiyaviy, ommaviy-sport ishlarini rivojlantirish orqali, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish joylariga aylanishi kerakligi, qolaversa, normativ xujjatlarda tayanch punktining asosiy sub’yekti profilaktika (katta) inspektorining aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida obro‘si, uning faoliyatini baholovchi asosiy mezonlardan biri deb qaralishining belgilanishi aholi turar joylarida yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada ko‘chaytiradi.

Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida, ularning o‘quv muassasalarida, birgalikda yashash joylarida, ish va o‘qish joylarida profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek, davlat hokimiyatining mahalliy organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda ishga joylashtirish, o‘smirlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri ekanligi hech birimizga sir emas.

Shunday ekan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishda ularning huquqiy madaniyatini shakllantirish, jamiyatda o‘rnatilgan umuminsoniy qadriyatlarga javobgarlik hissini uyg‘otish muhim masaladir.

 

Murodali YULDOSHEV,

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 4-o‘quv

kursi tinglovchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: