UYINGIZDA GO‘DAK TUG‘ILDI

Ota-onaning shirin tashvishlari

Farzandingizning dastlabki xatti-harakatlari sizni bee’tibor qoldirmasligi aniq. Uning ilk ozuqasi og‘iz sutidir. Chaqaloq ovqat hazm qilish jarayonini o‘zlashtiradi. Tashqi muhit ta’sirlariga tegishli ravishda javob qaytarishga harakat qiladi, ko‘radi va eshita boshlaydi. Unda tug‘ma (shartsiz reflekslar) emish, yutish, ko‘zini ochib-yumish kabi ko‘nikmalar va ongli faoliyatni birinchi belgilari (shartli reflekslar) yuzaga chiqadi.

1 oy

Go‘dak qorniga yotqizilganda qisqa muddat boshini tik ushlay oladi. Shu muddat davomida yorqin narsalarga qaraydi. Lekin jajji inson mushaklari o‘z tarangligini saqlagan, ya’ni embrionlik davriga xos bo‘lgan yuqori tarangligini yo‘qotmagan bo‘ladi.

2 oy

Unda mushaklar siqiqligi kamayadi. Dastlab bo‘yin mushaklari ancha baquvvatlashib, o‘z faoliyatini bajara oladigan bo‘ladi. Bu kichkintoyga qorinda yotib boshini ko‘tara olishiga yoki uni atrofga burishga imkon beradi. Bola endi tepada osilib turgan o‘yinchoqlarga qaray boshlaydi. Agar go‘dak bilan yoqimli ovozda so‘zlashsangiz, u kulgu bilan javob qaytaradi. Farzandingiz to‘g‘ri rivojlanishi uchun tez-tez poliklinikaga, pediatr ko‘rigiga borib turish lozim. Bolalar poliklinikasida bolaning vazni va bo‘yi o‘lchanadi. Ota va onalar uchun kerakli maslahatlar: uqalash muolajalari, o‘yinchoqlarni to‘g‘ri tanlash, dastlabki gimnastika mashqlarini qanday bajarish lozimligi o‘rgatiladi.

Mittivoyning jismoniy ko‘rsatkichini asosini tana vazni va uzunligi tashkil etadi. Bola gavdasining og‘irligi hayotining birinchi haftasida kamaygan bo‘lishiga qaramay, keyinchalik ko‘payib boradi. Keyingi uch haftada uning og‘irligi o‘rtacha 600 gramm yoki 20 foizga ko‘payadi. Gavda uzunligi 3 sm. ga o‘sgan bo‘lsa, umrining 2-oyida bolaning gavda og‘irligi 800 gr., uzunligi 3 sm. ga oshadi.

3 oy

Bu vaqtda bola qadam qo‘yganda – uning ruhiy rivojlanishida dastlabki sezilarli davr hisoblanadi. Bola gavdasini uzunligi 9 sm. ga ortadi. Uning tana vazni esa tug‘ilgan vaqtdagiga nisbatan 2 kg. dan ziyod ko‘payadi. U onasiga ma’noli qaray boshlaydi. Erkalasa go‘dak yuzida tabassum paydo bo‘ladi, qo‘lchalarini chaqqon harakatlantirib, noaniq bo‘lgan tovushlar bilan javob qaytaradi. Chaqaloq uyg‘oq vaqtida o‘zini tinch tutadi. Tevarak-atrofga shunchaki qaramay, balki osib qo‘yilgan o‘yinchoqlarni va harakatlanayotgan predmetlarni nigohi bilan kuzatib boradi.

Bu davrda juda ko‘p tug‘ma reflekslar qatoriga yana shartli refleks deb atalgan harakatlar ham qo‘shiladi. Bolani onasi qo‘liga olib emizsa unda quvnoq jonlanish paydo bo‘ladi. Labi bilan qimtinib, tamshana boshlaydi. Uyqu va uyg‘oqlik davri aniq bir maromga tusha boradi. Bolaning psixikasi uning harakat ko‘nikmalari bilan baravar rivojlanib boradi. Qorni bilan yotqizilganda go‘dak endi o‘z tirsaklariga tayanib yotadi. Boshini ham yaxshi tutadi. Farzandingiz boshini baland tovush kelgan tarafga qaratib, bemalol bura oladi. U chalqancha yotqizib qo‘yilganda o‘yinchoqlarni tomosha qilish bilan cheklanmay, ularni o‘zining tartibsiz qo‘l harakatlari bilan tasodifan urib o‘ynaydi. Shu sababli bolaning tepasiga o‘yinchoqlarni uning qo‘li yetadigan balandlikka osish kerak.

Yana o‘qing:  Og‘iz hidlanishi (galitoz) nima sababdan yuz beradi?

4 oy

Go‘dak endi chalqancha yotgan holatda boshini bemalol ko‘taradi. Qorni bilan yotganda tirsak va bilaklariga tayanib turishga harakat qiladi. Agar qo‘ltig‘idan ushlansa, oyoqlarini yerga qattiq tirab tura oladi. Mushaklar harakati ham ancha rivojlana boradi. U chalqancha yotgan holatidan yonboshlab qoladi. Gavda holatini o‘zgartirishga harakat qiladi. O‘yinchoqlarini uzoq vaqt o‘ynab yotadi. Bolaga harakatlanadigan ochiq rangdagi predmetlar yoqadi. Go‘dak bilan o‘ynasangiz va uni erkalaganda qattiq “qiqirlab” kuladi.

Katta yoshli kishini turgan joyini uni ovoziga qarab belgilay oladi. Ovqatlantirish vaqtida onasining ko‘kragini yoki ovqat solingan shishani ushlab oladi. To‘rt oy mobaynida hammasi bo‘lib go‘dak vazniga qo‘shilgan og‘irlik taxminan 3 kg ga yetadi. Uning gavda uzunligiga esa 11 sm. qo‘shiladi. To‘rtinchi oy bolaning jismoniy jihatdan to‘g‘ri o‘sayotganligini ko‘rsatuvchi yana bir muhim belgi bilan xarakterlanadi.

Go‘dak ko‘krak qafasining o‘sish sur’ati boshining o‘sishidan yuqori bo‘ladi. Mana shu davrda 4 oylik bolaning ko‘krak qafas aylanasi bilan boshning aylanasi bir biriga teng bo‘ladi. Shundan keyin esa sog‘lom ko‘krak qafasining aylanasi har doim boshning aylanasidan katta bo‘ladi. Shu davrda bolaning ko‘zida yosh paydo bo‘ladi. Bunda yosh ajratib chiqaruvchi bezlarning xuddi so‘lak ajratib chiqaruvchi bezlar singari faolligi oshgan bo‘ladi. Shu paytdan boshlab u yig‘laganda ko‘zlaridan yosh chiqadi, og‘zidan oqayotgan so‘lak sezilib turadi. Chaqaloqda so‘lak oqishining ko‘payishiga sabab so‘lak bezlarining yana ham jadal ishlay boshlashidir. Bola oyoq va qo‘llarini kuch bilan uzatib va yig‘ib o‘ynay boshlaydi.

Davomi bor.

Feruza NAZAROVA,

tibbiyot fanlari nomzodi,

vrach-neonatolog

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: