TERMA JAMOAMIZ KUMUSH MEDAL SOHIBI
Toshkentda mini-futbol bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi kumush medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston uchinchi bor mezbonlik qilgan mini-futbol bo‘yicha Osiyo chempionatida qit’amizning 16 terma jamoasi sovrinli o‘rinlar va Kolumbiyada o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasi uchun bahslashdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari guruh bosqichidagi uchrashuvlarda Saudiya Arabistoni, Qirg‘iziston va Livan terma jamoalari ustidan ishonchli g‘alaba qozondi va to‘qqiz ochko jamg‘argan holda guruhda birinchi o‘rinni egallab, chorak finalga chiqdi. Chorak finalda Iroq, yarim finalda esa Tailand futbolchilar ustidan g‘alaba qozonishdi. Hal qiluvchi final bahsida Eron terma jamoasiga kichik hisobda imkoniyatni boy bergan futbolchilarimiz Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan eng kuchli besh jamoa – O‘zbekiston, Eron, Tailand, Vyetnam va Avstraliya terma jamoalari joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Kolumbiyada bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etadi.
T. ORTIQOVA