«BOUNTI» TORTI

Zarur masalliqlar: 400 gr. un, 350 gr. shakar, 6 dona tuxum, 5 osh qoshiq suv, 350 gr. quyultirilgan sut, 5 osh qoshiq kakao kukuni, 3 choy qoshiq qavartma, 700 ml. qaymoq, 200 gr. shokolad, 1 gr. margarin va kakos qirindisi.

Tayyorlanishi: 2 dona tuxumni 150 gr. shakar bilan yaxshilab atalanadi. Un kakao va qavartmani aralashtirib tuxumli masalliqga qo‘shiladi. Keyin suv solib yumshoq xamir qoriladi. Tayyor xamirni ikkita zuvalaga bo‘lib, ketma-ketlikda 8-10 daqiqa davomida pishirib olinadi. Nachinkasi: tuxum oqini ko‘pirtiramiz va 200 gr. shakarni oz-ozdan qo‘shib merenga tayyorlab olamiz. Kakos qirindisi un va qabartma aralashtiramiz. Ehtiyotkorlik bilan kakosli aralashmani merenga qo‘shamiz. Endi krem tayyorlanadi. Buning uchun qaymoqni mikser yordamida ko‘pirtirib olamiz va oz-ozdan quyiltirilgan sutni qo‘shib ko‘pirtirishda davom etamiz.

Tayyor bo‘lgan kremni muzlatgichga qo‘yamiz. Endi navbat glazurni tayyorlashga keldi. Tovaga shokoladni maydalab solib eritib olamiz. Erigan shokolad ustiga saryog‘ni solamiz va glazurimiz tayyor. Oldindan pishirib olingan korj ustiga kakosli aralashma surtilib, uning ustidan ikkinchi korj yotqizilib, muzlatgichdagi kremdan surtiladi. Tort usti glazur bilan bezatiladi.

BEGOYIM

Yana o‘qing:  Yeryong‘oq yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: