SOG‘LOM ONA VA BOLA

turmush farovonligini ta’minlaydi

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni amalga oshirish, onalik va bolalikni muhofaza etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida ibratli loyihalar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, onalik va bolalikni himoya qilishdek ezgu maqsadga qaratilgan, dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” dasturining hayotga joriy etilishi tizim rivojiga ulkan hissa qo‘shdi.

Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi 120 o‘ringa mo‘ljallangan. Ayni paytda bu yerda 1-akusherlik, 2-akusherlik, homiladorlar patalogiyasi, ginekologiya, kattalar reanimatsiyasi, diagnostika-kolposkopiya, laboratoriya, maslahat-tashxis poliklinikasi, chaqaloqlar bo‘limlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘tgan yili bu yerda 10 ming 387 nafar ayol davolanib chiqdi. Ta’kidlash joizki, tug‘ruq majmuasida tibbiy yordam sifatini yaxshilash uchun yangi texnologiyalar o‘rnatilib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Ko‘rsatilayotgan yordam sifatini yaxshilashning ajralmas qismi shifoxona xodimlarini samarali perinatal parvarish tamoyillariga doimiy ravishda o‘rgatib borish, shuningdek, protokol va standartlar ustida uzluksiz ishlashdir. Muassasada xodimlarning malakasini oshirish reja asosida olib boriladi.

Majmuamiz xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. O‘tgan yilning noyabr oyida o‘tkazilgan “Akusherlikda shoshilinch holatlar” treningi ham ana shu hamkorlik doirasida o‘tkazilgan.

Davlatimiz rahbarining 2014 yil 1 avgustdagi “2014–2018 yillarda Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlarni sog‘lomlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish” hamda 2011 yil 28 noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash, viloyatda ambulator-poliklinika muassasalari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifatini takomillashtirish, joylarda fertil yoshidagi ayollarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, tug‘ruqlar oralig‘ini saqlash tizimidagi barcha tibbiyot muassasalarining doimiy ravishda kontratseptik vositalar bilan ta’minlashda yuqori natijalarga erishildi.

2015 yil davomida haftaning juma va chorshanba kunlari shifokorlarimiz muntazam ravishda hududlarga chiqib, aholiga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatdilar. Fertil yoshidagi ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ekstragenital kasalliklar, homiladorlikka mutloq va irsiy moneligi aniqlangan ayollar kontratsepsiya vositalari bilan ta’minlandi.

O‘tgan yili ushbu tug‘ruq majmuasiga byudjet mablag‘lari hisobidan 49 million 700 ming so‘mlik eng so‘nggi rusumdagi tibbiy jihozlar va 307 million 445 ming so‘mlik jihozlar sotib olindi. Shifoxonani uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida quyosh batareyalari o‘rnatildi. Natijada 20 foiz elektr energiyasini tejashga erishdik.

Yana o‘qing:  Men ham saylovda ovoz beraman

Gulnora ELTAZAROVA,

Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bosh shifokori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: