DEFEKTOLOGLAR SEMINARIDA

Yaqinda Mirobod tumanidagi 60-sonli “Nihol” maxsus maktabgacha ta’lim muassasasida seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Unda maxsus va ommaviy maktabgacha ta’lim muassasalari defektolog va logoped mutaxassislari o‘zaro tajriba almashishdi.

Seminarning nazariy qismi ko‘rgazmali namoyish shaklida boshlandi. Uni defektolog T. Layok taqdim etdi. Defektologlar N. Husanova va M. Garibyans nutqida nuqsoni mavjud bolalarda logopedik uqalash hamda “R” tovushini talaffuz qilish jarayonini amaliy ko‘rsatib berishdi.

Shuningdek, pedagoglar ishtirokida “Bolakay Nasriddin va uning do‘stlari”, deya nomlangan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Shahnoza KARIMOVA

Yana o‘qing:  ORZULAR USHALGAN KUN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: