HARBIYLAR BILAN UCHRASHUV
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Toshkent shahar, Hamza tumanidagi harbiy bo‘linmalaridan birida Obod turmush yiliga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda harbiy qismning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Davron Usmonov, O‘zbekiston Respublikada xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ra’no Zaripova mamlakatimiz rahbarining ma’ruzasi o‘zining tarixiy ahamiyati bilan jamiyatimiz hayotida ulkan voqea bo‘lganligini ta’kidlab, mamlakatimizda Mustaqillik yillarida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar va ushbu ulug‘vor o‘zgarishlar bergan samaralar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining ma’ruzasida erishilgan yutuqlardan kelib chiqqan holda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor vazifalari sifatida ilgari surilgan g‘oyalar yurtimiz obodligi va xalqimizning farovonligiga munosib hissa qo‘shishi xususida ham to‘xtalib o‘tdilar.
Shuningdek R. Zaripova “Sog‘lom avlod” gazetasi faoliyati haqida ham hikoya qildi. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining ijtimoiy tibbiy patronaj markazi ginekologi Suyara Sulaymanova nogironlikning oldini olish, qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari xususida gapirdi. Ushbu maskanning mutaxassisi Nigina Sa’dullayeva immun tanqisligi kasalligi, uning oldini olish xususida maslahatlar berdi. Ushbu mavzularda videorolik namoyish qilindi.
Uchrashuv qizg‘in va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
R.Sapoyeva