Yana bir yo‘llanma

Xitoyning Syamin shahrida tashkil etilgan xalqaro marafonda hamyurtimiz Andrey Petrov muvaffaqiyatli qatnashib, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yigirma yetti mingdan ziyod sportchi ishtirokida o‘tkazilgan marafonda Andrey marrani 2 soatu 17 daqiqa 48 soniyada bosib o‘tdi va Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi me’yorni bajardi. Yengil atletikachilarimiz XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga sakkizinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Bugungi kunga kelib “Rio – 2016” o‘yinlariga litsenziyalarimiz soni 51 taga yetdi. Shundan 24 tasi paralimpiyachilarimizga tegishli.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Toshkent davlat stomatologiya institutida “Megamaster” tanlovi o‘tkazilmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: