TAFAKKURNING QO‘Sh QANOTI
Poytaxtimizdagi 41-sonli umumta’lim maktabida “Orasta qizlar” guruhi faollari tomonidan “Kitobni seving, kitob bizning do‘stimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga ota-onalar, shuningdek, poytaxtdagi Shayxontohur tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha mutaxassisi Nilufar Alibayeva, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Nodira Mahmudova ishtirok etdi.
– Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, unib o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida kitobga bo‘lgan hurmat va ehtirom hissini yanada yuksaltirishdir, – deydi tadbir tashkilotchisi ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Ziyoda Tosheva.
O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
M. TOLIPOVA,
“Sog‘lom avlod” muxbiri