KICHKINTOYLARGA MUNOSIB TUHFA

Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan 423-“Orzu” nomli maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan bolajonlar endi to‘liq ta’mirdan chiqarilgan maskanning ko‘rkam va shinam xonalarda mashg‘ulot o‘tishayapti.

Mazkur ta’mirlash ishlari “Malikrabod maxsus qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi. Alisher Sharopov bosh­chiligidagi qo‘li gul quruvchilar har bir xonani yuksak did bilan ta’mirdan chiqarishdi.

– Sog‘lom va barkamol avlodni kamolga yetkazishda ta’lim va tarbiyaning boshlang‘ich tizimi – maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘rni beqiyos.

Zamonaviy ko‘rinishda qad rostlagan maskanimizda kichkintoylar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Muassasada ertamiz egalari bo‘lmish jajji bolajonlarga berilayotgan e’tibor zamirida buyuk kelajak barpo etish maqsadi mujassam,–deydi muassasa rahbari Sanobar Umbitaliyeva.

Darhaqiqat, jajjilarning bunday qulay imkoniyatlarga ega bo‘lishi ularning ko‘rkam kamoli uchun munosib zamin hozirlaydi.

Jamila HAYDAROVA

Yana o‘qing:  Tashabbuskor va faol

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: