Betakror yurtning bebaho obidalari

Tarixiy yodgorliklar o‘tmishda, ayniqsa, o‘rta asrlarda diyorimizda ilm-fan, madaniyat gullab-yashnaganidan darak beradi. Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi ko‘plab madaniy meros durdonalari, minglab arxeologik ob’yektlarda ham bu o‘z tasvirini topgan. Ular qadim tarixdagi madaniy hayot, ajdodlarimiz turmush tarzini o‘rganishda beqiyos ahamiyatga ega. Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda ana shu yodgorliklarni aslicha saqlash, qayta tiklash, ta’mirlash, restavratsiya qilish, arxeologik izlanishlar olib borish ishlarini qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratib kelinayotgani bejiz emas.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 1 noyabrdagi “2013–2015 yillar davrida Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi hamda 2014 yil 20 fevraldagi “Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari vohamizning noyob tarixiy-madaniy merosidan samarali foydalanish, tarixiy arxitektura ansambllari va yodgorliklari holatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etayapti.

Viloyatimizda 927 ta madaniy meros ob’yektlari mavjud bo‘lib, ularning 163 tasini arxitektura inshootlari, 683 tasini arxeologik yodgorlik­lar, 20 tasini esa ziyoratgohlar tashkil qiladi.

Ana shunday tarixiy qiymatga ega bo‘lgan ob’yektlar – Shahrisabz tumanidagi “Chubin” va “Abdushukur Og‘oliq” madrasalarida restavratsiya ishlari amalga oshirilmoqda. “Abdushukur Og‘oliq”da ishlar deyarli yakunlanib qoldi: hujralar konservatsiya qilindi, tom qismi mustahkamlanib, ganchlar yangilandi. “Chubin”da esa fasad qismiga koshinlar terish ishlari davom etmoqda.

Mazkur ta’mirlash ishlarida har bir koshin, naqshlar va boshqa me’moriy yechimlar Shahrisabz­da o‘rta asrlarda qo‘llanilgani bilan hamohang bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maqsadimiz – kelajak avlod o‘z ajdodlari tarixidan to‘la-to‘kis xabardor bo‘lsin. Qanday buyuk insonlarning vorisi ekanligini anglab yashasin.

Turizmni rivojlantirish dasturi doirasida Qarshi tumanidagi Imom Mo‘iyn an-Nasafiy va Xo‘ja Shamsiddin Halvoniy ziyoratgohlarida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borildi.

Bugungi kunda Shahrisabz tumanidagi Oqsaroy, Dorut-tilovat majmualarida, “Koba” karvonsaroyida, Yakkabog‘dagi “Yodgor Valloma” madrasasida, Chiroqchidagi “Katta Langar ota” masjidi va maqbarasida, qadimiy Kasbi, undagi sardobalar, Sulton Mir Haydar majmuasida ham bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “Biz ona zaminimiz bag‘ridagi har bir moddiy va ma’naviy meros namunasini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, qayta tiklash va ta’mirlash bo‘yicha qilayotgan bu ishlarimizni kimgadir namo­yish qilish, ko‘z-ko‘z etish uchun emas, aksincha kelajagimizni o‘ylab, ongimiz va qalbimiz da’vati bilan amalga oshirmoqdamiz. Toki ertaga bizning o‘rnimizga keladigan, biz boshlagan olijanob ishlarni munosib davom ettirishga qodir bo‘lgan yoshlarimiz ana shu bebaho ma’naviy boylikdan bahramand bo‘lishsin, shu asosda o‘zining kimligi, qanday buyuk zotlarning avlodi ekanini anglab yetishsin”.

Yana o‘qing:  FARZANDLAR SALOMATLIGIGA KAMARBASTA

Qahramon SAFAROV,

Muborak sanoat kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: