MULTIMEDIA VOSITALARINING AHAMIYATI

Fan-texnika va taraqqiyot asri bo‘lmish hozirgi davrda barcha sohalarga yangi innovatsion texnologiyalarning kirib kelishi natijasida jadal sur’atlar bilan o‘sish kuzatilmoqda. Mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilish, malakali kadrlarni tayyorlash masalalarida ham ana shunday ilg‘or pedagogik usullardan keng foydalanilmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan ta’lim sifatini oshirish bilan bir qatorda, o‘quvchining o‘zlashtirish samaradorligini ham yuksaltiradi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ko‘pgina o‘quv fanlari uchun elektron darslik va multimedia vositalari yaratilgan bo‘lib, o‘quv jarayonini kompyuterlashgan muhitda tashkil etish o‘quv materiallari ko‘rgazmaliligini oshiradi.

Kompyuterdan ta’lim jarayonida samarali foydalanish fan o‘qituvchilari faoliyatida o‘quv mashg‘ulotlarini texnologiyalashtirishda yordam berish bilan bir qatorda mavzularni to‘liq yoritib berishga, darslarni o‘quvchilar bilan hamkorlikda tashkil etishga imkon yaratadi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarni individual tarzda kuzatishga yordam beradi.

Buning natijasida o‘qituvchining asosiy e’tibori o‘quvchiga qaratiladi. Undan tashqari dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar mavzu yuzasidan mustaqil ravishda ma’lumotlar olishi, foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Kompyuterlashgan tizim asosida tashkil etiladigan darslarda ma’lumotlar aniq, ravon tilda berilishi, iloji boricha ko‘rgazmali dasturlarning bo‘lishi, mavzuning rang-barangligi uning yanada sifatli bo‘lishini ta’minlaydi.

Yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etiladigan darslarda o‘quv jarayonining bir necha turi mavjud. Ko‘rgazmali slaydlar – o‘quvchilarga murakkab mavzularni o‘zlashtirishga qulaylik yaratadi.

O‘rgatuvchi – dasturiy trenajyorlar didaktik vosita vazifasini bajaradi. Ular o‘rgatish bilan birgalikda o‘quvchilarga o‘z-o‘zini baholashda va xatosini anglashda ham muhim yordamchi bo‘lib xizmat qiladi. Ularga o‘quv fanlarini asosiy maqsadini yoritgan test va o‘yin dasturlarini kiritish mumkin.

Dasturiy – nazorat vositalari – test, topishmoq va boshqotirmalardan dasturlashtirilgan tarzda foydalanish – barcha o‘quv predmetlarining asosini tashkil etadi. O‘quvchida mavzularni mustahkamlash, o‘zlashtirish sifatini ko‘tarish maqsadida ushbu vositalarni yaratish va tadbiq etish mumkin. Ular test javoblarini topishi, ball yig‘ishlari va kompyuterning baholash mezoni asosida baholanishlari ko‘zda tutiladi.

Qo‘shimcha tarzda topishmoq va boshqotirmalarning tavsiya etilishi o‘quvchining to‘plagan ballarini yanada oshirish uchun xizmat qiladi. Mavjud topishmoqlar va o‘yinlar o‘quvchining o‘tilgan va ma’lumotga ega bo‘lgan mavzulari yuzasidan tayyorlangan bo‘lib, ma’lum vaqt oralig‘ida javob berish talab etiladi.

Yana o‘qing:  YOSH ISTE’DODLAR SARALANDI

Ta’limiy o‘yinlar va bilimni rivojlantiruvchi dasturlar kabi mashg‘ulotlar asosan kichik va o‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning tarkibiga o‘yinlarning dasturlashtirilgan interfaol dasturlari kiradi.

Ta’limiy va tarbiyaviy maksadga yo‘naltirilgan o‘yin dasturlari jarayonida bolalar o‘z aqliy tafakkurlarini kengaytiradilar.

Bu o‘yinlar o‘quvchidagi psixologik xususiyatlarini kuchaytiradi ya’ni diqqat, xotira faoliyatini faollashtiradi, erkin faoliyatni ta’minlaydi va ularda kompyuter savodxonligini ortishiga yordam beradi.

Ozoda XAJIYEVA

Zarafshon SALAYEVA

Urganch shahar 14-umumta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchilari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: